
Operatsiyadan keyingi bandajlar
O'krak qafasini jarrohlikdan (operatsiyadan) keyin mahkamlovchi
Foydalanish uchun ko'rsatmalar
- Bandaj ko'krak qafasining harakatini samarali cheklash uchun old qismida minimal elastiklikka ega matolardan tayyorlangan.
- Bandajning tanaga tegadigan ichki qismi 100% paxta matosidan tayyorlangan.
- Mahsulot lentalar va halqalar yordamida, shuningdek, Velcro yopishtirgichi bilan mahkamlanadi, kerakli fiksatsiya darajasini tanlash imkonini beradi.
- Bandajning pastga tushishini oldini oladigan yelkama kamarlar mavjud.
- Bandajning zich old qismi ko'krak qafasining ishonchli fiksatsiyasini ta'minlaydi.

O'krak qafasini jarrohlikdan (operatsiyadan) keyin mahkamlovchi. BANDAJ Ko'krak qafasi, yurakda o'tkazilgan keng ko'lamli jarrohliklardan keyin, ko'krak qafasi jarohatlarida; mushaklar va qovurg'alarni ushlab turish (qo'llab-quvvatlash) uchun mo'ljallangan. Ko'krak qafasining lat yeyishlarida, qovurg'alar sinishida, to'mtoq va o'tkir jarohatlarda, qovurg'alararo nevralgiyada, shuningdek operatsiyadan keyingi davrdagi jismoniy yuklamalarda.

Nafas oladigan struktura

Qattiq qo'shimchalar

Keng o'lcham 25 sm

Ishonchli fiksatsiya